MOYCHIDAN — MOYCHILAR UCHUN

Mijoz moy almashtirishga oʻzi qaytib keladi

Bepul sinab koʻrish
Toʻlovsiz boshlaysiz. Yoqmasa — hech narsa toʻlamaysiz.
Toʻliq video qoʻllanma · 25 daqiqa

OilBook har bir mijozga vaqtida Telegramda eslatadi, ombor va qarzlarni yuritadi, haqiqiy foydani koʻrsatadi. Hammasi telefoningizda.

10 / 12viloyatda ishlatilmoqda
25K+mashina bazada
24/7Telegram yordam

Har oy qancha pul yoʻqotyapsiz?

Mijoz moy vaqtini unutadi va yoʻl-yoʻlakay boshqa ustaga kiradi. Oʻz raqamlaringizni qoʻying.

Taxminan har oy qoʻldan chiqayotgan tushum26 250 000 soʻm75 ta mashina boshqa joyga ketyapti
Eslatma oyiga atigi 1 ta mijozni qaytarsa, OilBook obunasi (199 000 soʻm) oʻzini oqlaydi. Qolgani — sizning foydangiz.

Bu taxminiy hisob: natija punktingiz va mijozlaringizga bogʻliq.

Mijozlarni qaytarishni boshlash

Tanish muammolarmi?

Koʻpchilik punkt egalari har kuni shularga duch keladi.

Mijoz unutib qoʻyadi

Moy almashtirish vaqti kelganini bilmaydi va boshqa ustaga ketadi. OilBook oʻzi Telegramda eslatadi.

Daftar va adashishlar

Kim, qachon, qaysi moy quyilgan — hammasi bir joyda. Mashina tarixi bir bosishda chiqadi.

Foyda nomaʼlum

Pul tushyapti, lekin oxirida qancha qoladi? Tovar foydasi, xizmat va xarajat alohida koʻrinadi.

Qanday ishlaydi

Uch qadam — va punktingiz tartibda.

Roʻyxatdan oʻting

2 daqiqa. Telegram orqali tasdiqlaysiz va darhol ishlay boshlaysiz.

Almashtirishni kiriting

Raqam, probeg, moy — 20 soniya. Doimiy mijozda “oldingisini takrorlash” tugmasi bor.

OilBook oʻzi eslatadi

Vaqti kelganda mijozga Telegramda xabar boradi. U “Yozilaman” tugmasini bosadi — siz xabar olasiz.

Bitta ilovada hammasi

Moy almashtirish punktlari uchun, ustalar bilan birga yaratilgan.

Avtomatik eslatma

Mijozga Telegram orqali oʻz vaqtida xabar ketadi. Telegrami yoʻq mijozga SMS ham ulash mumkin.

Mijoz uchun “Garaj”

Mijoz Telegramda mashinasi tarixini, keyingi almashtirish vaqtini va hujjat muddatlarini koʻradi.

Ombor va taʼminotchilar

Qoldiq, “nima tugayapti”, buyurtma va taʼminotchiga qarz — hammasi nazoratda.

Haqiqiy foyda

Kun, hafta, oy boʻyicha tushum, oʻrtacha chek va sof foyda — xarajatlarni ayirgan holda.

Qarzlar

Kim qancha qarz, qachon toʻlaydi — unutilmaydi. Toʻlov kuni eslatma keladi.

Kunlik hisobot Telegramda

Ertalab va kechqurun: bugun nechta mashina, qancha tushum, kimga qoʻngʻiroq qilish kerak.

Xodimlar, kassa va maosh

Xodim faqat oʻziga kerakli narsani koʻradi. Kassani qabul qilish va maosh hisobi ichida.

Filiallar

Butun tarmoq bitta joyda: har filial tushumi, ombori va solishtirish jadvali.

Raqamni kamera bilan oʻqish

Telefon kamerasini mashina raqamiga tuting — mijoz kartasi oʻzi ochiladi.

20 soniyada kiritish

Tayyor toʻplamlar va “oldingisini takrorlash” — usta vaqtini tejaydi.

Ilova ichida

Haqiqiy ekranlar — telefonda aynan shunday koʻrinadi.

Mijozlar bazasi va eslatmalar
Mijozlar bazasi va eslatmalar
Ombor: qoldiq va foyda
Ombor: qoldiq va foyda
Taʼminotchilar va qarzlar
Taʼminotchilar va qarzlar
Mijozlarga aksiya xabari
Mijozlarga aksiya xabari
Bonus: ustalar uchun kurs
Bonus: ustalar uchun kurs

Suring — yana ekranlar bor

Daftar bilan va OilBook bilan

Farqi birinchi haftadayoq seziladi.

Daftar / Excel
OilBook
Mijozga oʻzingiz qoʻngʻiroq qilasiz
Eslatma oʻzi ketadi
Mashina tarixini varaqlab qidirasiz
Raqamni yozing — 1 soniyada
Foyda oy oxirida taxminan
Har kuni aniq raqam
Ombor qoldigʻi xotirada
Qoldiq va “tugayapti” roʻyxati
Daftar yoʻqolsa — baza yoʻq
Har kuni zaxira nusxa

Mijoz bazangiz — faqat sizniki

Bu savolni koʻp berishadi, shuning uchun ochiq yozaman.

Bazangiz hech kimga berilmaydi

Mijozlaringiz roʻyxati sotilmaydi, boshqa punktga yoki uchinchi shaxsga uzatilmaydi. Bu shartnomada yozilgan.

Foydangizni men ham koʻrmayman

Punktning tushumi, foydasi va narxlari platforma administratoriga yopiq.

Har kuni zaxira nusxa

Baza har kuni shifrlangan holda (AES-256) nusxalanadi. Telefon yoʻqolsa ham maʼlumot joyida.

Maʼlumotingizni olib ketishingiz mumkin

Xohlagan payt butun bazani Excel fayl qilib yuklab olasiz.

Foydalanish shartlari · Maxfiylik siyosati

Mening ismim Saidbonur

Nega aynan mendan?

Bu dasturni ofisda oʻtirib oʻylab topmadim. Men har kuni Fargʻona vodiysidagi moy almashtirish shoxobchalarida boʻlaman, ustalarning muammolarini oʻz koʻzim bilan koʻraman.

OilBook’dagi har bir tugma — real ustaning real muammosiga javob.

Menga yozing: @Saidbonur405

Oʻzingizga qulay variantni tanlang

Yillik toʻlov — oyiga arzonroq. Umrbod xarid — bir marta toʻlab, abadiy ishlating.

ENG FOYDALI

Yillik obuna

1 671 600 soʻm / yil
2 388 000 soʻm
30% tejaysiz
  • Barcha imkoniyatlar: eslatma, ombor, hisobotlar
  • Oyiga atigi ≈139 300 soʻm
  • Telegram orqali qoʻllab-quvvatlash
  • BONUS: “Ta’lim” kursi — 12 modul, butunlay ochiq
Yillik obunani tanlayman
BIR MARTA

Umrbod (toʻliq xarid)

$599 bir marta
Boshqa toʻlov yoʻq
  • Cheksiz foydalanish, abadiy
  • Obuna haqi hech qachon toʻlanmaydi
  • Soʻmda toʻlov, kurs boʻyicha hisoblanadi
  • BONUS: “Ta’lim” kursi + maxsus dars
Umrbod xaridni tanlayman

Oylik obuna

Avval bepul sinab koʻring. Majburiyat yoʻq, xohlagan oy toʻxtatasiz.

Birinchi oy −30%
139 000 soʻm · 1-oy

Keyingi oylar: 199 000 soʻm / oy

Oylikni tanlayman

Boshlash uchun toʻlov shart emas: avval sinab koʻring, keyin tanlang.

Koʻp beriladigan savollar

Kompyuter kerakmi?

Yoʻq. Hammasi telefonda ishlaydi. Xohlasangiz planshet yoki kompyuterda ham ochasiz — login bitta.

Play Market yoki App Store’da bormi?

Hozircha yoʻq. OilBook telefonga ilova kabi oʻrnatiladi va Telegram ichida ham ochiladi. Oʻrnatish yoʻriqnomasi.

Mijozimda Telegram boʻlmasa-chi?

Eslatmani SMS orqali yuborish mumkin — bu alohida ulanadi. Qoʻngʻiroq qilish kerak boʻlganlar roʻyxati ham har kuni tayyor turadi.

Sinov muddati tugasa, maʼlumotlarim oʻchadimi?

Yoʻq. Hisob “koʻrish rejimi”ga oʻtadi: hamma maʼlumot joyida turadi. Tarif tanlasangiz — davom etasiz.

Filiallarim bor. Narxi qancha?

Bosh punkt — 199 000 soʻm, har bir filial — 99 000 soʻm oyiga. Bosh punkt barcha filiallarni bitta joydan koʻradi.

Ustalarim foydani koʻrib qolmaydimi?

Yoʻq. Xodim va filial foyda, kirim narxi va ustamani koʻrmaydi — faqat oʻz ishini.

Ishlatishni kim oʻrgatadi?

25 daqiqalik video qoʻllanma va ilova ichida “Yordam” boʻlimi bor. Savol boʻlsa, Telegramda oʻzim javob beraman: @Saidbonur405.

Avval hammasini koʻrib oling

25 daqiqalik toʻliq video qoʻllanma: har bir boʻlim qanday ishlashini oʻzim koʻrsatib beraman. Koʻring — keyin roʻyxatdan oʻting.

YouTube’da ochish
Koʻrdim — roʻyxatdan oʻtaman

Hoziroq boshlang

3 kun bepul. Arizani Telegram orqali tasdiqlaysiz, men esa ulanishga yordam beraman.

Tugmani bosish bilan foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz. Karta kerak emas.

Savol bormi? Yozing: @Saidbonur405

Telegramni tasdiqlang

Botni oching va “Start” ni bosing. Telefon raqamingizni yuboring — shundan soʻng arizangiz koʻrib chiqiladi.

Telegram botni ochish
Tasdiqlash kutilmoqda…

Punkt tasdiqlandi!

3 kunlik bepul davr boshlandi. Login va parolingiz bilan kiring.

Kirish

Ariza qabul qilinmadi

Savollar boʻlsa, Telegramda yozing: @Saidbonur405

Bepul sinab koʻrish