OilBook maxfiylik siyosati
Biz kimmiz
OilBook — moy almashtirish shoxobchalari uchun hisob xizmati: mijozlar, avtomobillar, almashtirishlar, ombor, eslatmalar.
Qanday ma'lumotlar saqlanadi
Shoxobcha ma'lumotlari (nomi, manzili, telefoni, logini), shoxobcha o'zi kiritgan mijozlar ma'lumotlari (davlat raqami, telefon, ism, probeg, xizmat tarixi) va eslatmalarga obuna bo'lgan mijozlarning Telegram ID raqami.
Nima uchun
Faqat xizmat ishlashi uchun: xizmat hisobi, shoxobcha statistikasi va mijozlarga keyingi almashtirish haqida eslatma. Ma'lumotlar reklama uchun sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Ma'lumotlarni kim ko'radi
Har bir shoxobcha faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi. Xizmat administratori kirishidan faqat yordam va tiklash uchun foydalaniladi.
Zaxira nusxalar
Bazaning kunlik nusxalari parol bilan shifrlanadi (AES-256) va xizmat egasining Telegram va Google Diskida 30 kundan ko'p saqlanmaydi. Ilova Diskda faqat o'zi yaratgan fayllarga kira oladi.
Sizning huquqlaringiz
Shoxobcha panelda mijoz ma'lumotlarini o'zgartirishi yoki o'chirishi mumkin. Mijoz botda eslatmalardan voz kechishi yoki shoxobchadan ma'lumotlarini o'chirishni so'rashi mumkin.
Aloqa
Ma'lumotlar bo'yicha savollar: OilBook Telegram-botiga yoki xizmat administratoriga yozing.