OilBook har bir mijozga vaqtida Telegramda eslatadi, ombor va qarzlarni yuritadi, haqiqiy foydani koʻrsatadi. Hammasi telefoningizda.
Mijoz moy vaqtini unutadi va yoʻl-yoʻlakay boshqa ustaga kiradi. Oʻz raqamlaringizni qoʻying.
Bu taxminiy hisob: natija punktingiz va mijozlaringizga bogʻliq.
Mijozlarni qaytarishni boshlashKoʻpchilik punkt egalari har kuni shularga duch keladi.
Moy almashtirish vaqti kelganini bilmaydi va boshqa ustaga ketadi. OilBook oʻzi Telegramda eslatadi.
Kim, qachon, qaysi moy quyilgan — hammasi bir joyda. Mashina tarixi bir bosishda chiqadi.
Pul tushyapti, lekin oxirida qancha qoladi? Tovar foydasi, xizmat va xarajat alohida koʻrinadi.
Uch qadam — va punktingiz tartibda.
2 daqiqa. Telegram orqali tasdiqlaysiz va darhol ishlay boshlaysiz.
Raqam, probeg, moy — 20 soniya. Doimiy mijozda “oldingisini takrorlash” tugmasi bor.
Vaqti kelganda mijozga Telegramda xabar boradi. U “Yozilaman” tugmasini bosadi — siz xabar olasiz.
Moy almashtirish punktlari uchun, ustalar bilan birga yaratilgan.
Mijozga Telegram orqali oʻz vaqtida xabar ketadi. Telegrami yoʻq mijozga SMS ham ulash mumkin.
Mijoz Telegramda mashinasi tarixini, keyingi almashtirish vaqtini va hujjat muddatlarini koʻradi.
Qoldiq, “nima tugayapti”, buyurtma va taʼminotchiga qarz — hammasi nazoratda.
Kun, hafta, oy boʻyicha tushum, oʻrtacha chek va sof foyda — xarajatlarni ayirgan holda.
Kim qancha qarz, qachon toʻlaydi — unutilmaydi. Toʻlov kuni eslatma keladi.
Ertalab va kechqurun: bugun nechta mashina, qancha tushum, kimga qoʻngʻiroq qilish kerak.
Xodim faqat oʻziga kerakli narsani koʻradi. Kassani qabul qilish va maosh hisobi ichida.
Butun tarmoq bitta joyda: har filial tushumi, ombori va solishtirish jadvali.
Telefon kamerasini mashina raqamiga tuting — mijoz kartasi oʻzi ochiladi.
Tayyor toʻplamlar va “oldingisini takrorlash” — usta vaqtini tejaydi.
Haqiqiy ekranlar — telefonda aynan shunday koʻrinadi.
Suring — yana ekranlar bor
Farqi birinchi haftadayoq seziladi.
Bu savolni koʻp berishadi, shuning uchun ochiq yozaman.
Mijozlaringiz roʻyxati sotilmaydi, boshqa punktga yoki uchinchi shaxsga uzatilmaydi. Bu shartnomada yozilgan.
Punktning tushumi, foydasi va narxlari platforma administratoriga yopiq.
Baza har kuni shifrlangan holda (AES-256) nusxalanadi. Telefon yoʻqolsa ham maʼlumot joyida.
Xohlagan payt butun bazani Excel fayl qilib yuklab olasiz.
Bu dasturni ofisda oʻtirib oʻylab topmadim. Men har kuni Fargʻona vodiysidagi moy almashtirish shoxobchalarida boʻlaman, ustalarning muammolarini oʻz koʻzim bilan koʻraman.
OilBook’dagi har bir tugma — real ustaning real muammosiga javob.
Menga yozing: @Saidbonur405Yillik toʻlov — oyiga arzonroq. Umrbod xarid — bir marta toʻlab, abadiy ishlating.
Avval bepul sinab koʻring. Majburiyat yoʻq, xohlagan oy toʻxtatasiz.
Birinchi oy −30%Keyingi oylar: 199 000 soʻm / oy
Oylikni tanlaymanBoshlash uchun toʻlov shart emas: avval sinab koʻring, keyin tanlang.
Yoʻq. Hammasi telefonda ishlaydi. Xohlasangiz planshet yoki kompyuterda ham ochasiz — login bitta.
Hozircha yoʻq. OilBook telefonga ilova kabi oʻrnatiladi va Telegram ichida ham ochiladi. Oʻrnatish yoʻriqnomasi.
Eslatmani SMS orqali yuborish mumkin — bu alohida ulanadi. Qoʻngʻiroq qilish kerak boʻlganlar roʻyxati ham har kuni tayyor turadi.
Yoʻq. Hisob “koʻrish rejimi”ga oʻtadi: hamma maʼlumot joyida turadi. Tarif tanlasangiz — davom etasiz.
Bosh punkt — 199 000 soʻm, har bir filial — 99 000 soʻm oyiga. Bosh punkt barcha filiallarni bitta joydan koʻradi.
Yoʻq. Xodim va filial foyda, kirim narxi va ustamani koʻrmaydi — faqat oʻz ishini.
25 daqiqalik video qoʻllanma va ilova ichida “Yordam” boʻlimi bor. Savol boʻlsa, Telegramda oʻzim javob beraman: @Saidbonur405.
25 daqiqalik toʻliq video qoʻllanma: har bir boʻlim qanday ishlashini oʻzim koʻrsatib beraman. Koʻring — keyin roʻyxatdan oʻting.
3 kun bepul. Arizani Telegram orqali tasdiqlaysiz, men esa ulanishga yordam beraman.
Botni oching va “Start” ni bosing. Telefon raqamingizni yuboring — shundan soʻng arizangiz koʻrib chiqiladi.
Telegram botni ochishSavollar boʻlsa, Telegramda yozing: @Saidbonur405